Projekt
ODIL SUDLOVNI TAʼMINLASHDA “RAQAMLI SUD”
Bugungi kunda sud tizimini demokratlashtirish, aholi bilan samarali muloqotni kengaytirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan islohotlar doirasida bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularning asosiy maqsadi – sud organlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, fuqarolarning odil…
Bugungi kunda sud tizimini demokratlashtirish, aholi bilan samarali muloqotni kengaytirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan islohotlar doirasida bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularning asosiy maqsadi – sud organlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, fuqarolarning odil sudlovga boʻlgan ishonchini mustahkamlash hamda qonun ustuvorligini taʼminlash hisoblanadi. Sudlar faoliyatini tom maʼnoda inson qadri va manfaati, huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi mustahkam odil sudlovni amalga oshiruvchi organ sifatida tashkil etishda raqamli texnologiya yutuqlaridan keng foydalanish, sunʼiy texnologiya imkoniyatlarini odilona va oqilona qoʻllash, sudlar faoliyatini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishda “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida amalga oshirish singari ustuvor vazifalar tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maʼnoda mazkur maqolada “Raqamli sud” konsepsiyasining joriy etilishi, bugungi kun talablariga mos ravishda fuqarolarga adolatli, tezkor va ochiq sud imkoniyatini taqdim etish imkoniyatlari, afzalliklari, Oʻzbekiston Respublikasida raqamli sud tizimini joriy etishning konseptual asoslari kompleks tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli sud tizimini joriy etish orqali ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash bilan birgalikda sud samaradorligiga erishish, odil sudga boʻlgan ishonch va hurmatni oshirish, qonun ustuvorligi va adolatni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari oʻrganiladi.